Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-ноябрь 2024, 15:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Farhod va Shirin” dostoni 9-sinfda ona tili va adabiyot fanidan dars ishlanmasi


Mavzu:  “Farhod va Shirin” dostoni 
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: 9-sinf adabiyot darsining maqsad va vazifalari haqida suhbat, Doston haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida insonparvarlik, mehnatsevarlik va vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`tirish;
Dars tipi:Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Noan’anaviy
Dars metodi : Savol-javob, “O‘rningni top”, “Agar men”, “Enerjayzer”, “Issiq kartoshka” metodlari.
Dars jihozi: Mavjud ko`rgazmalar, tarqatmalar, priektor, krasvord. 
 
DARSNING BORISHI
I Tashkiliy qism:
    Salomlashish,davomatni aniqlash,o`quvchilarni darsga jalb qilish.

II O`tgan mavzuni so`rash: 
O`quvchilardan o`tgan mavzuni so`rash, savol-javob o`tkazish, bilimlarini baholash. O`quvchilar o`rtasida “Alpomish” dostoni savol-javob qilinadi. O‘tgan mavzunu takrorlash uchun quyidagi metodlardan foydalaniladi.
“O‘rningni top” metodi. Bunda o`qituvchi doskaga 2 ta qog`oz yopishtiradi: Alpomish va Farhod va Shirin. O`quvchilar o`qituvchi tomonidan berilgan savol yozilgan tarqatmalarni doskadagi o`rniga topib yopishtirishadi. Metod oxirida xatolar aniqlanadi.
“Agar men” metodi. Bunda o‘quvchilar o`zlarini asar qahramonlarining o`rniga qo`yib ko`rishadi va ulardek  fikrlashadi. 
 
III Yangi mavzu bayoni: Slayd namoyish etiladi.       
   FARHOD VA SHIRIN
✅ "Xamsa” ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht mavzusidadir. 
✅Hajmi — 5782 bayt.
✅ Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. 
✅Muallif bu asarni “shavq dostoni” deb ataydi.
✅ Chin xoqoni farzandsiz edi. Unga Olloh unga õĝil ato etdi.
Shabistonida tug‘di bir yangi oy, 
Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy 
❗Shаbistоn – tungi yotoqxona; 
✅ Farhodning tuĝilishi bilan xoqon xalqning 3 yillik hirojidan ozod qiladi.
❗ Аshk – ko‘z yoshi; 
❗ Huvаydо – аyon, rаvshаn
Farhodning ismi ham, Qur’oni   karimda: “Al-asmou tanzilu min-as-samo”, ya’ni “Ismlar osmondan tushadi”, deyilgan 
Jamolidin ko‘rungach farri shohiy 
Bu fardin yorudi mahtoba mohi
✅ Farhodga  ta’limning dastlabki 3 oyida butkul savod chiqardi, bir yilda  Qur’oni karimni yod oldi. Navoiy Farhodning bolalikdagi fazilatlarini shunday ta’rif etadi: 
Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni, Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni
Jamolidin ko‘rungach farri shohiy Bu fardin yorudi mah to ba mohi.
✅ Farhod  tug‘ma ishq ta’sirida doimo g‘amgin, alam va dardlar bilan ko‘milgan edi. 
✅ Shunda xoqon Farhodning ko‘nglini olish uchun yilning 4 fasliga moslab to‘rt oliy qasr qurdirish fikriga keldi. 
✅Farhodning atobegi, ya’ni tarbiyachi-ustozi Mulkoro bu  ishga ma’mur etib tayinlandi. Xitoyning mashhur me’mori Boniy, naqqoshi Moniy hamda tosh yo‘nuvchi Qoran qurilishga jalb  etildilar.
✅ Xoqon farzandidagi qayg‘uni ketkizmak uchun taxtga o‘tirishini so‘raydi. Farhod esa davlatni boshqarish ishlarini  
o‘rganish uchun muhlat so‘raydi. O‘g‘lining oqilona javobidan  behad xursand bo‘lgan shoh unga mamlakat xazinasini ko‘rsatadi. Xazinadagi g‘aroyib bir sandiq uning diqqatini jalb etadi.  Xoqon bu sandiqni ochishlarini istamaydi. Lekin Farhod qattiq turib oldi. Noiloj qolgan xoqon kalitni keltirib, sandiqni ochishdi. Uning ichidan bir vaqtlar Iskandari Rumiy har  biri Aflotundek 400 olimga yasattirgan sirli ko‘zgu chiqdi.  
Oynaning orqasida uning maxfiy sirlari yozib qo‘yilgan. Unga  ko‘ra, ko‘zgu tilsimini ochmoqchi bo‘lgan odam xatarli safarga otlanib, Yunonistondagi bir toqqa borishi kerak. Ungacha uch manzil bor:
➡ 1-da ajdahoni, 
➡ 2-da Ahraman devni, 
➡ 3- manzilda ikkalasidan ham mushkulroq tilsimni  yengishi kerak.
➡ 4- manzil – o‘sha tog‘dagi g‘or ichidan donishmand Suqrot topiladi. Farhod bu to‘siqlarni mardona   yengib, Jamshid jomini, Sulaymon uzugini, Iskandar boyligini qo‘lga kiritadi. 
✅ Suqrot uning, otasi va atobegi Mulkoroning  taqdiri haqida bashoratlar beradi, ularga nasihatlar qiladi va o`ladi.
✅ Yunonistondan qaytishgach,  Farhod xazinadagi sandiqni ochadi. Oynada qandaydir bir yurt,  tog‘ kesish bilan mashg‘ul odamlar, o‘zining ham ariq qaziyotgani hamda Shirinni ko‘radi-yu, hushdan ketadi. 
✅ Sevgilisini izlab yo‘lga chiqqan Farhod uning Arman yurtidan ekanligini safarda topgan do‘sti Shopurdan eshitadi. 
U yerga borishgach, metindek toshlardan iborat tog‘ni kesish mashaqqatiga mahkum odamlarni ko‘rishadi. Ular tog‘ni kesib, uning narigi yog‘idan suv olib o‘tishlari kerak edi. Afsuski, 3 yil zahmat  cheksalar-da ishda siljish bo‘lmagan.
✅ Bu topshiriqni elning ardoqli malikasi Mehinbonu va jiyani Shirinning orzusini ro‘yobga   chiqarish uchun sidqidildan bajarayotgan edilar. Navoiy ularning  tilidan Shirinning vasfini quyidagicha bayon etadi:
Harimi iffat ichra shoh ul ermish, Sipehri ismat uzra moh ul ermish.
✅ Farhod Shirin va Mehinbonuga  qarab aytgan soʻzi:
Hunarni asrabon netkumdur oxir, 
Olib tufroqqamu ketgumdur oxir?
 
IV MUSTAHKAMLASH
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Enerjayzer” metodi   qo`llaniladi. Bunda 1 o`quvchi sinfdan tashqariga chiqib turadi. Bu paytda sinfda o`quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda mavzu bo`yicha 3 bo`g`inli so`zni topishadi, har bir bo`g`inini bitta qatorga bo‘lib berishadi. Tashqaridagi o`quvchi sinfga kirganida hamma bir ovozdan o`zlariga berilgan bo`g`inni birgalikda, bir vaqtda aytishadi.O‘quvcho shu so`zni o`ziga berilgan 3 urinishda topishi kerak.
Keyigi metod “Issiq kartoshka” metodi deyiladi. Bunda o`qituvchi bir o`quvchini doskaga chiqarib teskasi qarab 5 gacha sanashga buyuradi. Bu paytda o`quvchilarning qo`liga kartoshka beradi. O`quvchilar kartoshkani qo‘lma-qo‘l qilishadi. Doskadagi o‘quvchi “to‘xta” deganda kartoshka kimning qo‘lida qolgan bo‘lda o‘sha o‘quvchi o‘qituvchining savoliga javob berishadi.
V O‘tilgan mavzuni baholash: Darsda ishtirok etgan o‘quvchilar faolligiga qarab baholanadilar.
VI Uyga vazifa berish: “Farhod va Shirin”  dostoni qahramonlariga tavsif yozib kelish.