Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-ноябрь 2024, 15:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Ozarbayjon: ikki mamlakat ta’lim vazirlari hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlari, jumladan:
O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha treninglar va qo‘shma loyihalar tashkil etish;
Ta’lim dasturlari va o‘quv materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish;
Xalqaro STEAM festivali doirasidagi hamkorlikni davom ettirish va O‘zbekistonda STEAM markazini tashkil etish;
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetida pedagogik kadrlar almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasining gospital ta’limi bo‘yicha, xususan  “Mehrli maktab” tajribasini o‘rganish;
Bilimlarni baholash tizimlari va raqamli ta’lim platformalari haqida ma’lumot almashish masalalari muhokama qilindi. 
Uchrashuv yakunida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni mustahkamlovchi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Ma’lumot o‘rnida: joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston va Ozarbayjon ta’lim vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan.