Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-ноябрь 2024, 15:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishda xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 2-3-oktabr kunlariMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda GIZ (Germaniya) hamkorligidagi TexVET Karyera loyihasi doirasida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil etildi. 

➖ Tadbirda loyiha ishtirokchilari boʻlgan umumtaʼlim hamda professional taʼlim muassasalari va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

➖ Seminarda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinib, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ishlab chiqilgan onlayn yoʻriqnomalar taqdimoti oʻtkazildi. 

Jumladan, ota-onalar va oʻquvchilarga moʻljallangan "Farzandim uchun eng yaxshisini xohlayman", "Keling, ishga hujjat topshiramiz", "Germaniyada karyera imkoniyatlari" kabi onlayn qoʻllanmalar taqdim etildi.