Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-ноябрь 2024, 15:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Baholash tizimi, kasb-hunarga o‘qitish va kitobxonlik madaniyati — Janubiy Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Xabar berganimizdek, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi delegatsiyasi Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi. Bugun delegatsiya vakillari Koreya Milliy universitetida universitet professor o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarda ishtirok etishdi. Unda o‘quvchilarda tanqidiy hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, baholash tizimining ta'lim sifatini  oshirishdagi roli, maktablarda do‘stona ijtimoiy muhitni shakllantirish kabi mavzularda o‘zaro fikr almashildi.
➖ Bundan tashqari, loyiha doirasida Koreyaning Sejong shahrida tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab rahbariyati tomonidan ishtirokchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi. 
Unda xususan:
➖ ta'lim muassasalarida boshqaruvni samarali yo‘lga qo‘yish, 
➖o‘quv-tarbiya jarayonlarini zamonaviy usullarda tashkil etish,
➖kadrlar salohiyatini oshirish,
➖ta'lim sifatini rivojlantirish va monitoring qilishda innovatsion yondashuvlar haqida so‘z bordi. 

Delegatsiya vakillari Kyowongde universiteti qoshidagi Milliy kutubxonada faoliyati hamda kutubxonalarga o‘quvchilarni ko‘proq jalb qilish tajribasi bilan ham yaqindan tanishishdi. Delegatsiya vakillari Koreyaning maktabgacha ta'lim va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishdagi tajribasini o‘rganish maqsadida Handulmulbit bolalar bog‘chasi va Sejong Jang Yeongsil yuqori litseyida ham bo‘lishdi. Unda mas’ullar muassasalar faoliyati hamda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Uchrashuvlar davom etmoqda.