Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-ноябрь 2024, 15:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Inklyuziv ta’lim yondashuvlari asosida seminar-trening tashkil etildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan USAID xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda inklyuziv ta’lim yondashuvlari asosida o‘quv treninglari bo‘lib o‘tdi. Unda inklyuziv ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi 50 nafarga yaqin ustoz va bo‘lajak o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Mahorat darslari Sirakyuz universiteti (AQSH) mutaxassislari tomonidan olib borildi. Mashg‘ulotlar nazariy va amaliy tarzda tashkil etilib, unda inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning malaka oshirish dasturlarini tahlil qilish va mazkur dasturlarni yanada takomillashtirish haqida so‘z bordi.

Treninglar 3 kun davom etadi.