Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-ноябрь 2024, 15:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Quvayt davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Quvayt davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xaled al Jiran bilan uchrashdi. 
Uchrashuv avvalida elchi tomonidan O‘zbekistonda ta’lim sohasida so‘nggi yillarda salmoqli islohohotlar amalga oshirilib kelayotganligi alohida ta'kidlab o‘tildi. 
Tadbirda tomonlar xalqaro grant loyihalarini jalb etishda birgalikda ishlash, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritishdi.