Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-ноябрь 2024, 15:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Kuni kecha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova yangi tayinlangan Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasiga Favqulodda va muxtor elchisi Manfred Huterer bilan uchrashdi.
Vazir Hilola Umarova uchrashuv avvalida elchini ushbu masʼuliyatli vazifaga tayinlanganligi bilan qutladi hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan atroflicha tanishtirib oʻtdi.
➖ Uchrashuvda Oʻzbekistonda nemis tilini rivojlantirish, taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi loyihalarni davom ettirish hamda yangi loyihalarni ishlab chiqish borasidagi kelgusi rejalar xususida muloqot olib borildi.