Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-ноябрь 2024, 15:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Raqamlashtirish yo‘nalishida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tajribasi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga muvofiq vazirlik va idoralarning raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga mas’ul tarkibiy bo‘linma xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi.     
Uchrashuv davomida ta’lim sohasida raqamli texnologiyalarni joriy qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, natijalar va muammolar muhokama qilindi. 
Mehmonlarda 2023-2024 yillarda joriy qilingan axborot tizimlar va interaktiv xizmatlar katta qiziqish uyg‘otdi va ularni kelgusida yana boyitish va ommalashtirish bo‘yicha fikr almashildi.  
Uchrashuv yakunida vazirlikning “Yagona elektron tizimi – erp.maktab.uz”ni vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etish yuzasidan dolzarb vazifalar belgilab olindi.