Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Vazir Hilola Umarova faol va yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi.
Unda 200 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashib, oʻz savol va takliflari bilan murojaat qilishdi.
Vazir uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan:
➖ta'lim muassasalarida oʻzlashtirilayotgan bilimlarni amaliyot bilan integratsiya qilish;  
➖2023-2024-oʻquv yili davomida amalga oshirilgan oʻzgarishlar; 
➖ta'limda innovatsion loyihalardan foydalanish;
➖inklyuziv ta'lim to‘g‘risidagi ko‘plab savol va takliflarga batafsil javob berib o‘tdi.

Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faol o‘qituvchi va o‘quvchilar maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.