Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov “O‘zbekiston-Turkiya Biznes forumi”da ishtirok etdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston-Turkiya Biznes forumi”da ishtirok etdi.
Mazkur forum doirasida “Davlat-xususiy sheriklik. O’zbek-Turk hamkorligining yangi istiqbollari” nomli panel sessiyasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida DXSH asosida hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Unda Turkiyaning 200 nafardan ortiq yirik investorlari ishtirok etishdi. 
Shuningdek, Turkiyaning bir qator yirik kompaniyalari bilan G2B formatida o‘zaro hamkorlik yuzasidan samarali uchrashuvlar tashkil qilinib, ularning yakuni bo’yicha anglashuv memorandumlari imzolandi.