Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

O'zbekiston delegatsiyasi Qozon shahriga tashrif buyurishdi

Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D. Rahimova boshchiligidagi ishchi guruh Rossiya Federatsiyasi, Tatariston respublikasining poytaxti - Qozon shahrida tashrif bilan bo‘ldi. 
Tajriba almashinuvi maqsadida bo‘lib o‘tgan tashrif doirasida “Cook&Chill” oziq-ovqat kombinatida maktablar, bolalar bog‘chalari va shifoxonalar uchun oziq-ovqat ishlab chiqarish tajribasi, sog‘lom ovqatlanish mavzusida kichkintoylar uchun multiplikatsion materiallarni yaratish tajribasi o‘rganildi.
Shuningdek, Qozon shahar ijroiya qo‘mitasiga tashrif buyurilib, keytering va autsorsingni tashkil qilish jihatlari muhokama qilindi hamda “Elektron bolalar bog‘chasi”, “Elektron ta’lim”, “Men - o‘quvchiman”, “Bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim navigatori” kabi raqamli platformalarning ishi o‘rganildi.
Bundan tashqari, Qozon shahridagi maktablarga va bolalar bog'chalariga qator tashriflar amalga oshirilib, u yerda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tashkil etilgan ovqatlanish xizmatlari, ta’lim olish imkoniyatlari o‘rganildi.