Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Innovatsiyalar yordamida taʼlim sifati oshiriladi

Vena shahrida "Tizimlar va innovatsiyalar yordamida sifatni oshirish" nomli konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda Yevropa va Markaziy Osiyodan maktabgacha taʼlim sohasidagi ilg‘or va yetakchi mutaxassislar to‘plangan. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha taʼlim agentligi direktori Agrippina Shin ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etmoqda. 

Konferensiyaning birinchi kuni tanishish va tajriba almashish bilan boshlandi. Finlyandiya va Avstriya vakillari maktabgacha taʼlim sohasidagi amaliy bilimlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Ishtirokchilar o‘yinlarda faol qatnashib, bolalarga o‘yin yondashuvi orqali taʼlim berishning eʼtiborli jihati va ahamiyatini muhokama qildi. Bolalar salohiyatini rivojlantirish, sifatni taʼminlash tizimlari va erta taʼlim uchun mo‘ljallangan makonni loyihalash kabi mavzular ko‘rib chiqildi.

Tadbir doirasida Avstriyaning erta rivojlanish markaziga tashrif buyurish rejalashtirilgan. U yerda o‘quv dasturi o‘yin orqali o‘qitish uslublariga asoslangan. Shuningdek, Agrippina Shinning ikkita sessiyadagi chiqishi ham ko‘zda tutilgan.