Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘quvchilar ishtirokida qator tadbirlar tashkil etiladi


Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida "9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, vazirlikning hududiy boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va Maktabgacha ta’lim agentliklarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Vidoyekonferensiya shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda:

“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon sharaf”, Qurolli Kuchlar davlat muzeylari, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi hamda joylardagi muzey va Xotira maydonlariga barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘quvchilarning ekskursiyalarini tashkil etish;

➖ mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholini tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda qahramonlik ko‘rsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xizmatchilar tahsil olgan maktablarda xotira tadbirlarini o‘tkazish;

➖ o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini uyushtirish;

➖ umumta’lim maktablarida faxriylar ishtirokida Ikkinchi jahon urushi g‘alabasiga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi darslarini o‘tkazish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.