Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nodavlat ta’lim muassasalari assosiatsiyasi hamkorligida “PISA xalqaro tadqiqotlari doirasida milliy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ustozlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nodavlat ta’lim muassasalari assosiatsiyasi hamkorligida “PISA xalqaro tadqiqotlari doirasida  milliy ta’lim  tizimining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ustozlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi va xalqaro tadqiqotlarning nodavlat ta'lim tizimini yanada rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda Respublikamiz bo‘ylab 400 nafarga yaqin ustozlar ishtirok etdi hamda tizimni rivojlantirishga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi. 

Konferensiya davomida mutaxassislar tomonidan:


➖ Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun erishilgan natijalar asosida vazifalarni aniqlash,
➖ milliy ta’lim tizimini rivojlantirish uchun ustuvor vazifalarni belgilash, 
➖ o‘quvchilar faoliyati va kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarini yaxshilash. 
➖ maktabgacha va maktab sohasidagi  ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, 
➖ pedagoglar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rag‘batlantirish kabi mavzularda so‘z bordi.