Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab “Mening maktabim” loyihasi doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-yilda:
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy qilinib, fanlardagi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizgacha oshiriladi;
7,5 ming nafar yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitiladi, xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari bo‘yicha yuqori ball olgan 6 ming nafar yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab beriladi.
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshiriladi. Bunda, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratilib, ushbu mablag‘ 5–11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra, elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanadi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejerlik bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda, direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilanadi;
2024-yil 1-sentabrdan boshlab:
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek:
2024-yil 1-martdan boshlab:
Mahalla, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg‘armasi 600 million so‘m miqdorida xorijiy tillar (“Ibrat farzandlari”) bo‘yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va “Zakovat” intellektual o‘yinlari yuqori saviyada tashkil etiladi;
“Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” dasturi joriy etiladi.