Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta'lim maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Unda boshlang‘ich ta’lim, aniq va tabiiy fanlar, xorijiy tillar, ijtimoiy fanlar va amaliy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha  221 nafar pedagog kadrlarning bilim darajasini baholash uchun test sinovlari o‘tkazildi. 
Test jarayonlari shaffof va adolatli o‘tishi uchun belgilangan tartibdagi barcha choralar ko‘rildi.
Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, 2024-yilda Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni Respublika bo‘yicha 1250 (1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan) nafar etib belgilangan.



Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati