Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Toshkent shahar Yunusobod tuman 5-sonli umumta’lim maktabi direktori Nargiza Xidoyatovaning Angliya taassurotlari:


➖  Buyuk Britaniya ta’lim tizimi uzoq yillar davomida takomillashtirilib, bugungi kunda  eng yuqori sifatli standartlarga javob beradigan dunyoning eng yaxshi tizimi hisoblanadi.
➖ Angliya ta’lim tizimi Milliy ta’lim dasturiga asoslangan bo‘lib, u ikki qismdan iborat: majburiy va ixtiyoriy tanlangan fanlardir.
➖E’tiborli  jihati, yuqori sinf o‘quvchilari darslarda kompyuter texnologiyalaridan mukammal darajada foydalanib, barcha vazifa-taqdimotlarni texnologiyalardan foydalangan holda bajarishar ekan. Darslik adabiyotlar ham elektron ko‘rinishida.
➖ Tabiiy fanlarning amaliyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, har bir maktab hududida kichik issiqxonalar mavjud va u yerda o‘quvchi yoshlar o‘zlari yetishtirayotgan o‘simlik dunyosini o‘rganadilar.
➖ Maktablarda drama va professional sport klublari mavjud bo‘lib, bu o‘quvchilarda  birdamlik va sog‘lom raqobat hissini yanada rivojlantiradi.
➖ Meni o‘ziga  jalb qilgan yana bir jihat shuki, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro yuksak hurmat va ishonchda bo‘lishi, bunga sabab darsdan tashqari o‘qituvchi va o‘quvchilarning norasmiy muloqotda bo‘lishi, birgalikda ko‘p vaqt o‘tkazishlarida ekan.