Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqotidagi natijalari eʼlon qilindi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Jahon banki va OECD tashkiloti hamkorligida O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. 
Konferensiyani kirish so'zi bilan vazir Hilola Umarova ochib berdi:
– Prezidentimiz tomonidan zamonaviy ko‘nikmalarga ega, keng dunyoqarashli zamonaviy kadrlar tayyorlash hamda ta’lim tizimini takomillashtirishdagi xalqaro integratsiya masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi barchaga yaxshi ma’lum.   
Bugun e'lon qilingan O‘zbekiston ta’lim tizimining PISA tadqiqotlaridagi ilk natijalarini oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdagi keyingi qadamlarimiz uchun juda muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.
Albatta, sohada yutuqlarimiz qatorida ba’zi muammolarimiz ham bor, buni yashirmaymiz. Ammo niyatimiz ham, maqsadimiz ham shuki, biz bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganmiz. Buning uchun malakali mutaxassislarimiz, mehnatkash ustoz-o‘qituvchilarimiz bilimi va salohiyatiga suyanamiz.

➖ PISA 2022 tadqiqotida, O‘zbekistondagi 15 yoshli o‘quvchilar matematika fanidan jami 364 balni qo'lga kiritdi.
❗️Mazkur yo‘nalishda o‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda balandroq, maktablar joylashuvi bo‘yicha tahlil qilinganda shahar maktablari qishloq maktablaridan yaxshiroq natija qayd etdi.