Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Ta'lim sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-trening bo'lib o'tdi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tabiiy fanlar yo'nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish mavzusida trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Trening tadbirida xorijiy ekspertlar tomonidan:
➖ maktab o‘quvchilarida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini tabiiy fan doirasida rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini tuzish, 
➖dars mazmuniga loyihaga asoslangan ta’limni (PBL) singdirish,
➖ o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy usullari xususida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. 
Shuningdek, mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, o'quv jarayonlari va o'quvchilar faoliyati bilan tanishtirildi.

Khairi Abdullah, xorijiy ekspert (Singapur):
- Bugun ertalab bizga maktab bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning bilimga chanqoqligi va o‘qituvchilarning izlanuvchanligiga guvoh bo‘ldik va bu bizda katta taassurot qoldirdi. Darslar juda ajoyib tashkil etilgan, o‘qituvchilar o‘z fanlarini ma’lumotlarga boy holda o‘tishmoqda. 
Bizni bir-birimizdan o‘rganadigan narsalarimiz ko‘p. Shu nuqtai nazardan men istiqboldagi hamkorlik va birgalikdagi loyihalarga umid qilib qolaman.