Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Umumta’lim maktablarining 5-6-sinf matematika fani o‘quv dasturi muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Respublika ta’lim markazining "Matematika fani bo‘yicha Ilmiy metodik kengash"i qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan davlatimizning yetakchi olimlari va amaliyotchi o‘qituvchilaridan iborat Kengash a’zolari tomonidan umumta’lim maktablarining 5-6-sinf matematika fani o‘quv dasturi muhokamasi o‘tkazildi.    
Ta’kidlanganidek, keng jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan takliflar asosida yangi O‘quv dasturida matematika fani ta’limi mazmuni, matematik savodxonlik, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish jarayonlari yanada takomillashtirildi.
Yig‘ilish so‘ngida Kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan yangi O‘quv dasturi foydalanishga tavsiya etildi.