Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori o‘zbekistonlik o‘quvchilar bilan uchrashdi


AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi 5-son maktabiga tashrif buyurdi. 
Tashrif davomida Samanta Pauer ingliz tili darsida qatnashib, yangi metodikalar hamda USAID ko‘magida yaratilgan yangi avlod ingliz tili darsliklaridan o‘quvchilarning olgan tassurotlari bilan tanishdi.
Shuningdek o‘quvchilar bilan suhbat jarayonida ularning qiziqishlari va kelajakda o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan kasblari haqida suhbatlashdi. 
Tashrif yakunida Samanta Pauer kelgusida ham USAID tomonidan O‘zbekistonda ta’lim islohotlari har tomonlama qo‘lab-quvvatlanishini bildirdi.