Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-ноябрь 2024, 15:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Eron elchisi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi



Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasining  O‘zbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi janob Hamid Nayerobodiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar ta’lim, madaniyat, savdo iqtisodiy va investisiyalar sohasida izchil rivojlanib, barcha hamkorlik yo‘nalishlarida muvaffaqiyatlarga erishib kelinayotgani yuksak baholandi.
Hamid Nayerobodiy o‘zbek xalqini yaqinlashayotgan yangilanish va yasharish bayrami bo‘lmish “Navro‘z” bilan tabriklab, O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi va kelgusida ikki davlat ta’lim vazirliklari o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilishiga umid bildirdi.
Uchrashuv yakunida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.