Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Tashabbusli byudjet” loyihasida ishtirok etib, maktablarning holatini yaxshilash uchun ajratiladigan qo‘shimcha byudjet mablag‘larini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing!


www.оpenbudget.uz rasmiy veb-saytida “Tashabbusli byudjet” loyihasiga start berildi. Mazkur jarayonda faol ishtirok etish orqali xalq ta’limi tizimidagi muassasalarga qo‘shimcha mablag‘ olish imkoniyati mavjud.

Ayni damda "Tashabbusli byudjet" jarayonida xalq ta’limi tizimiga qarashli 5065 ta muassasa ishtirok etmoqda. Bu ishtirok etayotgan 69700 ta jami loyihalarning 7 foizi demakdir.

Xalq ta’limi tizimiga qarashli tashabbuslarni ilgari surishda Surxondaryo viloyati yetakchilik qilmoqda. Ushbu viloyatdan jami 822 ta ta’lim muassasasi, keyingi o‘rinlarda Sirdaryo (566 ta) va Xorazm (450 ta) viloyatlariga tegishli ta’lim muassasalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilgan.  

Ayni damda "Tashabbusli byudjet" loyihasi uchun ajratiladigan mablag‘ miqdori 1,1 trln so‘mni tashkil qiladi.

Ovoz berish jarayoni joriy yilning 31 mart kuniga qadar davom etadi. Siz ham ovoz berish jarayonida ishtirok etib, maktablarning holatini yaxshilash uchun ajratiladigan qo‘shimcha byudjet mablag‘larini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing.


Manba: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lmi vazirligi