Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

Avval xabar qilinganidek, bugun poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilgan hududiy bosqich g‘olib jamoalari (har bir hududdan 1 tadan maktab, jami 14 ta maktab va 70 nafar o‘quvchi) ishtirok etdi. Tanlovning Respublika bosqichida Buyuk Britaniyaning “Cambridge Assessment English” tashkilotiga tegishli bo‘lgan “Linguaskill” xalqaro testi vositasida ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: Mazkur tanlov 3 bosqichda tashkil etildi. Dastlabki bosqichda yurtimizdagi 6 885 ta maktab (34 375 nafar o‘quvchi) ikkinchi bosqichda respublikadagi 210 ta tuman va shaharlardan bittadan maktab (1 050 nafar o‘quvchi) ishtirok etdi. 
Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari joriy yilning 17-avgust kuni e’lon qilinadi va munosib taqdirlanadi.