Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Vatan mehri yuragimda” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Inha universitedida “Vatan mehri yuragimda’  tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tanlov o‘quvchi-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, bilim va ko‘nikmalarini, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, milliy urf-odat va an’analar ruhida tarbiyalash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o'tkazildi.
70 nafar qiz ishtirok etgan Respublika bosqichi yakuniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Navoiy viloyatidan kelgan jamoalar g‘olib deb topildi.