Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda. Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi. Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi. Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.
Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.