Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bugun Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi

Pedagog xodim maqomini belgilash, ularning obro‘sini yana-da yuqori ko‘tarish, shaʼni va qadr qimmatini himoya qilish maqsadida Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi. 
Mazkur qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar, taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog xodimlarning taklif va istaklari, shuningdek jamoatchilik muhokamasi doirasida kelib tushgan takliflar asosida qayta ishlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha Vazirlar Mahkamasi Rayosati qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim qilingan bo‘lib, joriy yilning 2-may kuni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tishi hamda birinchi o‘qishda qabul qilinishi kutilmoqda.
Mazkur qonun loyihasida pedagog hodimlarning huquq va majburiyatlari, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi to‘g‘risidagi normalar belgilanmoqda.
Oliy majlis qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2023-yil 2-may kuni soat 15:00da Qonunchilik palatasining parliament.gov.uz rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali (https://www.youtube.com/channel/UCUpPi6_52QzOs4gLUJ-o7hw?view_as=subscriber) orqali  to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.