Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TA'LIM SIFATI O‘RGANILMOQDA

O‘quvchilarning ta'lim-tarbiyasi o‘ta muhim jarayon. Ta'biri joiz bo‘lsa, inson kamolotining asosiy bo‘g‘ini. Zero, bu yo‘nalish jamiyatimizning ustuvor masalalaridan biriga aylangan. Yunusobod tumani hokimi B. Abduvaliyev 86-sonli umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya jarayoni bilan tanishib, ta'lim muassasalari hayoti, ulardagi mavjud muammolarni joyida o‘rgandi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari bilan dildan suhbatlashdi, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. O‘rganishlar mobaynida maktabdagi obodonlashtirish ishlari, sinfxonalar, sport jihozlari, moddiy texnika bazasi, dars mashg‘ulotlarini kuzatdi.  Bundan tashqari, maktablardagi issiqlik ta'minoti, oshxonadagi sharoitlar, sanitar holati hokimning diqqat e'tiborida bo‘ldi. Mutasaddilarga aniqlangan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.