86- sonli umumta'lim maktabida sinflar kesimida ota-onalar majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda mazkur yilning 30-aprelida bo‘lib o‘tadigan Referendumning mazmun va mohiyati, konstitutsiyamizga kiritiladigan o‘zgartirishlarning mazmuni hamda ijtimoiy sohalarga berilayotgan avfzalliklari haqida tanishib o‘tildi. Referendum o‘tkazilishiga qo‘yiladigan talablar haqida va vazifalarimiz haqida keng muhokama qilindi. Majlisda qatnashgan fuqarolarga referendumga befarq bo'lmasliklari, ushbu referendumda faol qatnashish kerakligi, ularning ovozlari katta ahamiyatga egaliklari tushuntirildi.