Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Vazir jamgʻarmasi ustamasi uchun o‘tkazilgan har ikkala suhbatda maksimal ball qayd etgan ustoz

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 86-sonli umumta’lim maktabining oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi Kattabek Achilov Vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilgan har ikki bosqichda ham maksimal ballni qo‘lga kiritdi. 
2022-yil dekabr oyida Jamg‘armadan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining dastlabki – test bosqichida 100 balldan 100, 2-bosqich – suhbat jarayonida 10 balli natijani qayd etdi. 
Kattabek Achilov yosh bo'lishiga qaramay bir qancha yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Jumladan, u yaratgan "UNIVERSAL TARIX" nomli qo‘llanmalar majmuidan abituriyent o'quvchilar va attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan ustozlar muntazam foydalanib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishmoqda.


Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati