Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida poytaxtimizning 61 ta umumta’lim maktabiga zamonaviy kompyuterlar tantanali topshirildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilning mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida bir qator sohalarda, shu jumladan, axborot texnologiyalari sohasida ham hamkorlik kelishuvlariga erishildi. Birlashgan Arab Amirliklari hukumati loyihani O‘zbekistonga eksport qilish imkoniyatlarini o‘rganib, mamlakat sharotiga moslashtirish rejasini ishlab chiqdi va «One Million Uzbek Coders» deb nomlangan loyihani yo‘lga qo‘ydi.
Jumladan, bugun Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 noyabrdagi “Yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini amalga oshirish bo‘yicha poytaxtimizning 61 ta umumta’lim maktabiga zamonaviy kompyuterlar tantanali topshirildi.
Tadbirda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Husanboyeva ishtirok etdi.

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati