Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 26-сентябрь 2024, 22:25
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Kattabek Achilov Yunusobod tumanidagi 86-sonli umumta’lim maktabida tarix fanidan dars beradi. Oliy toifali o‘qituvchi.

Kattabek Achilov Yunusobod tumanidagi 86-sonli umumta’lim maktabida tarix fanidan dars beradi. Oliy toifali o‘qituvchi.
Mohir pedagogning 2018-2020 yillar davomida izlanishi natijasida 6-11-sinflar uchun mo‘ljallangan "Universal tarix" nomli o‘quv qo‘llanmalari (11 turda) majmui nashr etilgan.
Kattabekning iqtidorli o‘quvchilari fan olimpiadasining tuman, shahar bosqichlarida muntazam ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Uning ustozligidagi tayyorlov guruhida tahsil olgan o‘quvchilar har yili oliy ta’lim muassasalariga yuqori ballar bilan talabalikka tavsiya etilayotganligi quvonarlidir.
E’tiborlisi, yaqinda Kattabek Achilov Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasidan ustama olish uchun o‘tkazilgan sinov jarayonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 100 ballik natijani qo‘lga kiritdi.


Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati