Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Xalq ta’limi vazirligi va uning tasarrufidagi respublika tashkilotlari xodimlari “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi

Bugun Xalq ta’limi vazirligi va uning tasarrufidagi respublika tashkilotlarida mehnat qilayotgan 19 nafar soha xodimlarini “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olgan Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligiga o‘ttiz yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan mazkur mukofot soha fidoyilariga ko‘rsatilgan katta e’tibor ekanligi alohida ta’kidlab o‘tdi.
Xalq ta’limi vazirligi jamoasi “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi va ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvofaqqiyatlar tilaydi.