Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2024, 12:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Xalq ta’limi vaziri va YUNESKO bosh direktori o‘rinbosari Stefaniya Jannini bilan o‘tkazilgan uchrashuvda maktab ta’limiga doir qator masalalar muhokama etildi

Mamlakatimiz umumta’lim maktablarini zamonaviy standartlar asosida yanada rivojlantirish, dars sifati va o‘qituvchilar malakasini doimiy oshirib borish maqsadida so‘nggi yillarda qator xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan uzviy hamkorlik ishlari olib borilmoqda. 
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov hamda YUNESKO bosh direktori o‘rinbosari Stefaniya Jannini ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv davomida mazkur jihatlarning istiqboldagi rejalari xususida qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Vazir o‘z so‘zi boshida yurtimizdagi maktablar infratuzilmasini boyitish hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.