Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 26-сентябрь 2024, 22:25
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Kubogi" sport musobaqasi tuman kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq yetish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Yunusobod tuman xalq ta’limi pedagog xodimlari o‘rtasida 1 oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan 2022 yilning 24 sentabr kuni 86-sonli umumta’lim maktabida pedagog xodimlari o‘rtasida voleybol va mini-futbol sport turlari bo‘yicha "Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Kubogi" sport musobaqasi tuman kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. 
Bunda barcha umumta’lim maktabida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlar ishtirok etishdi. Ayollar o‘rtasida voleybol sport turida 1-o‘rinni 9-sonli umumta’lim maktabi, 2-o‘rinni 302-sonli umumta’lim maktabi va 3-o‘rinni 117-umumta’lim maktab jamoalari egalladilar. Erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni 1-sektor maktablari o‘qituvchilari, 2-o‘rinni 4-sektor o‘qituvchilari va 3-o‘rinni 2-sektor o‘qituvchilari egalladilar.