Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-ноябрь 2024, 15:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Eng yaxshi kitobxon maktab” shiori ostida onlayn ko‘rik-tanlov o‘tkazilmoqda!

O‘quvchilarning qishki ta’tilini maroqli tashkil etish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon maktab” shiori ostida onlayn koʻrik-tanlov tashkil etilmoqda!

I. TANLOV SHARTLARI ?
1️⃣ Umumta’lim maktablari tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida ikki nafar o‘quvchi (1 nafar qiz bola va 1 nafar o‘g‘il bola) maktabda kitobxonlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘rsatishi lozim!
2️⃣ Videorolikda umumta’lim maktablari tomonidan kitob taqdimoti, bahru-bayt, ijodiy kechalar, teatr tomoshalari o‘tkazilganligi ochib berilgan bo‘lishi lozim!
3️⃣ Maktab kutubxonasi o‘ziga xos jihozlangan va yaratilgan sharoitlar haqida tushunchalar berilgan bo‘lishi zarur!
4️⃣ Tanlovga yuboriladigan videoroliklar 10 megabaytdan oshmasligi va 5 daqiqa bo‘lishi lozim!
5️⃣ Videoroliklar 2023-yil 28-dekabrdan 10-yanvar kuni soat 18:00 ga qadar @rahimjon070 telegram akkauntiga yuboriladi.

II. G‘OLIB QANDAY MUKOFOTLANADI ?
Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar Maktabgacha va maktab talimi vazirligining quyidagi sovg‘alari bilan taqdirlanadi!
1-o‘rin - 2 ta tikuv moshinasi va ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat;
2-o‘rin - 1 ta tikuv moshinasi va ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat;
3-o‘rin - 1 ta ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan va kitoblar to‘plami hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat.

2 ta nominatsiya: Kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi!

Sovg‘alar g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarning ta’lim muassasalariga kirim qilinadi (smart soat ishtirokchi uchun).